M E H R I G I Y O

Biz haqimizda

Bosh sahifa Biz haqimizda

1992- yildan buyon xalqimiz xizmatida bo‘lgan Mehrigiyo korxonasining tabiiy shifobaxsh mahsulotlari ma’lum va mashxur

«Mehrigiyo» kompaniyasi 1992-yilda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tashkil etilgan. Kompaniya turli shifobaxsh o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan bir qatorda sog‘lom ovqatlanish uchun ekologik toza, tabiiy oziq – ovqat va kosmetik vositalari ishlab chiqarish bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib kelmoqda.

Kompaniyaning yutug‘laridan biri – uning geografik qulay joyla- shuvida bo‘lib, Farg‘ona vodiysining Tyan’-shan’, Pomir, Oloy tog‘lari bilan o‘ralgan unumdor, ekologik toza yerlarida joylash- ganligidir. Bu yerlar oltin, kumush, kremniy va boshqa makro va mikroelementlarga boy bo‘lgan Sirdaryo, So‘x daryolarining suvlari bilan sug‘oriladi.

Kompaniyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Respublikamizning barcha viloyatlariga yetib bormoqda, shuningdek, hozirda chet el davlatlari jumladan Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Amerika, Saudiya Arabistoni , Tojikiston va boshqa ko‘plab davlatlarga yetkazib berilyabdi va o‘z mijozlari ishonchini oqlab kelmoqda.

Kompaniya qoshida «Doctor Ali» salomatlik klinikasi tashkil etilgan. Klinika shifokorlari tomonidan aholiga xalq tabobati, fitoterapiya, diagnostika va maslahat berish yo‘nalishida malakali xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Bizning shifokorlar

team member

Buronov Dilmurodjon Mirzaakbarovich

Doktor. Terapevt (ichki kasalliklar).
team member

Mo'minov Xojimurod Xojimuhamedovich

Doktor. Terapevt (ichki kasalliklar).
team member

Muxammedjanov Zakirjon Muxammedaminovich

Doktor. Professor. Oliy toifali shifokor.
team member

Maxsudov Ahror Baxromovich

Doktor. Dotsent (jigar kasalliklari).